BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Braziliya prezidenti Dilma Russeff lavozimidan chetlatilganidan so‘ng mamlakat fuqarolarini osoyishtalik va o‘zaro muloqotga, rasmiylarni esa konstitutsiyaga binoan harakat qilishga chaqirdi. Bu haqda ma’lum qilgan bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning aytishicha, Pan Gi Mun Braziliyadagi voqealar rivojini kuzatib bormoqda, deya xabar beradi “TASS”.
“Bosh kotib jamiyatning barcha qatlamlarini osoyishtalik va muloqotga chaqiradi. U mamlakat rasmiylari Braziliyadagi demokratik jarayonlarni hurmat qilishi, qonun va konstitutsiya ustuvorligiga rioya etishiga ishonadi”, — deya ta’kidlagan Dyujarrik.
Izoh (0)