Janubiy Koreyada Zika bezgagiga chalinish bilan bog‘liq uchinchi holat qayd etildi. Virus Filippindan sayohatdan qaytgan 21 yoshli yigitda aniqlandi. Bu haqda mamlakat kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
27-aprel, chorshanba kuni virus yigitga Filippinga safari chog‘ida hamrohlik qilgan ukasida aniqlangandi. Bu mamlakatda tasdiqlangan Zika bezgagiga chalinishning ikkinchi holati bo‘lgandi. Birinchi bor esa virus Braziliyada bo‘lib qaytgan mamlakatning 43 yoshli fuqarosida topilgandi.
Izoh (0)