AQShning Alyaska shtati janubiy sohilida 5,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Yerosti silkinishlari markazi Ankorij shahridan 290 kilometr janubi-g‘arbda, uning o‘chog‘i 55 kilometr chuqurlikda qayd etildi.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berilmadi.
Izoh (0)