Britaniyalik olim Kolin Fyoz o‘z garajida uchar mototsiklni yig‘di, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Xoverbayk (xoverbord — uchar skeytga o‘xshash nom) deb nomlanuvchi qurilma havoga ko‘tariladi va erkak kishining vazniga dosh bera oladi.
Konstruksiya asosi metall romdan iborat bo‘lib, unga ikkita motor biriktirilgan. Ular paraglaydlar uchun propeller bilan ulanadi, va havo harakati hisobiga konstruksiya tepaga ko‘tariladi.
Olimning ta’kidlashicha, uning loyihasiga Ford kompaniyasi hamkorlik qilgan. Konstruksiyani yaratishga Fyoz bir oydan kamroq vaqt sarfladi va natija ancha munosib bo‘lib chiqdi.
Ekspertlar uchar mototsikl qo‘lbola transport turlari orasida eng xavflilaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Ammo Fyoz bu fikrga qarshi — u qurilmani muvaffaqiyatli tarzda sinab ko‘rdi va, hatto, qo‘nish chog‘ida biror marta yiqilmadi ham.
Izoh (0)