25-aprelning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 75 tiyin kam 2900 so‘mga yetdi. Dollar mavzusida qiziqarli test ham bor, tekshirib ko‘ring — valyutangiz so‘mmi yoki Skruj Makdakmisiz?
2. Kim Chen In: KXDR endi Janubiy Koreya va AQShga zarba berishga tayyor. Avvalroq Janubiy Koreya mudofaa vazirligi Pxenyan tomonidan suv osti kemalari ballistik raketasi sinovi o‘tkazilganini taxmin qilib, uni muvaffaqiyatsiz deb baholagan edi
3. Erdo‘g‘on 1915-yilda halok bo‘lgan armanlarning qarindoshlariga hamdardlik izhor etdi. Prezident maktubida aytilishicha, Turkiya Usmonlilar imperiyasidagi armanlar qayg‘usini bo‘lishib, ularning xotirasini qadrlaydigan mamlakatdir.
4. BBC “Boing”ning Donbassdagi halokati bo‘yicha maxfiy versiyalar haqidagi filmni namoyish etadi. The Daily Mail xabariga ko‘ra, dasturda samolyot “Buk” raketasi tomonidan urib tushirilgani haqidagi rasmiy versiyalardan farqli bo‘lgan guvohlar ko‘rsatmalari mavjudligi haqida aytiladi.
5. Facebook’dagi guruhda qoraqalpog‘istonlik imkoniyati cheklangan yigitga aravacha olib berish uchun 4 mln so‘m to‘plandi. “Islom guruhimiz a’zosi, lekin u mendan shu ko‘rinishda post qoldirishni iltimos qilgani yo‘q. U buni bilmadi ham, men esa Islomni tanimayman”, — deya yozgan Sardor Mahkamov guruhda.
Izoh (0)