O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 26-apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2899 so‘m 25 tiyin etib belgilandi. Bu 19-apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 33 tiyinga ko‘p.
26-apreldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3297 so‘m 90 tiyin (19-apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 82 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 78 tiyin (19-apreldagi kursga nisbatan 4 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)