AQSh prezidenti Barak Obama 1915-yilda Usmon imperiyasi tomonidan armanlarning ommaviy qirg‘in qilinishi haqidagi bayonotida ushbu fojiani genotsid deb atamadi. Bu haqda, Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
“Bugun biz XX asrdagi birinchi ommaviy vahshiylikni xotirlaymiz”, — deyiladi Oq uy tomonidan 22-aprel, juma kuni chop etilgan prezidentning bayonotida.
Chop etilgan matnda “genotsid” so‘zi biror marta ham uchramaydi.
AP agentligining ta’kidlashicha, shu tariqa prezident o‘zining saylovoldi va’dasini buzgan. Obama saylovoldi kampaniyasida ushbu hodisani aynan genotsid deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)