Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga AQSh prezidenti Barak Obamaning G7 sammitidan so‘ng Xirosimaga tashrif buyurishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.
“Yaponiya va AQSh prezident Obamaning Xirosimaga tashrifini tashkillashtirayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. AQSh tomoni qanday qarorga kelishi to‘g‘risida izoh berishdan esa tiyilgan bo‘lardim”, — deya ta’kidlagan Suga.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Nikkei nashri Amerika hukumatidagi manbaga tayanib, Obama Yaponiyada may oyining oxirida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitidan keyin Xirosimadagi yadro bombardimoni qurbonlari xotira majmuasiga tashrif buyurishi haqida xabar bergandi.
Izoh (0)