Braziliya prezidenti Dilma Russeff unga nisbatan impichment jarayoni davlat to‘ntarilishining barcha belgilariga ega ekanligini aytdi. Bu haqda u BMTda so‘zlagan nutqidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
U, shuningdek, impichment hech qanday qonuniy asosga ega emasligini aytdi. Siyosatchi o‘zining BMTdagi nutqida mamlakati “jiddiy vaziyat”ni boshdan kechirayotganini ta’kidladi.
“O‘z nutqimni hozir Braziliyada kuzatilayotgan jiddiy vaziyatni tilga olmasdan yakunlay olmayman. Biroq odamlarimiz har qanday muvaffaqiyatsizlikni bartaraf eta olishiga shubha qilmayman”, — deya aniqlik kiritdi Russeff.
Siyosatchining qayd etishicha, xorijlik yetakchilar uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat parlamenti quyi palatasi deputatlari Dilma Russeffni Braziliya prezidenti lavozimidan chetlatishni yoqlab ovoz bergandi. Yakuniy qaror yuqori palata senatorlari tomonidan qabul qilinadi.
Izoh (0)