Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Qoratepa” qishloq fuqarolar yig‘ini fuqarosi 90 yoshli Xo‘janazar ota G‘oyipovlar xonadonida 70 yillik to‘y bayram qilindi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” gazetasi xabar bermoqda.
Farzandlar bayram dasturxoni yozib, o‘z ota-onasining to‘yiga 70 yil to‘lganini nishonladi.
Xo‘janazar ota 87 yoshli rafiqasi Hafiza aya bilan to‘qqiz farzandni tarbiyaladi. O‘g‘il farzandlar ota izidan borib, haydovchilik kasbini tanladi, qizlar esa onalari kabi tikuvchi bo‘lib yetishdi.
Nashrga bergan intervyusida Xo‘janazar ota nevara-chevaralari soni 70 ga yaqin ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)