Besh yil muddatga Farg‘ona viloyati prokurori etib adliya maslahatchisi Muzaffar Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqdagi buyruqni bosh prokuror 31-mart kuni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz” O‘zbekiston Bosh prokuraturasi saytiga tayanib.
Bungacha Muzaffar Abdurahmonov Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Yangi lavozimda u yaqinda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Bahodir Po‘latov o‘rnini egalladi.
Izoh (0)