O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 54-o‘rindan 48-o‘ringa ko‘tarildi. Reytingga dunyoning 126 davlati kirgan. Bu haqda “Globalfirepower.com” saytiga tayanib, UzDaily ma’lum qildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin) va Ukrainadan (30-o‘rin) keyingi 3-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston armiyasi reytingda 53-o‘rin, Turkmaniston 86, Qirg‘iziston 110 va Tojikiston 112-o‘rinda joylashdi.
Reytingni tuzishda 50 ga yaqin turli omillar, jumladan, qo‘shinlar soni, quruqlik, havo va dengizda jangovar harakatlar olib borish uchun mo‘ljallangan harbiy texnika miqdori, mamlakatlar qurollanishga sarflashi mumkin bo‘lgan iqtisodiy manbalar va reyting ishtirokchilarining geografik joylashuvi hisobga olindi.