Buxoroda quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
MDHda o‘xshashi yo‘q bo‘lgan 1,2 mVt quvvatiga ega ko‘chma, avtonom quyosh elektr stansiyasi Buxoro viloyatida ishga tushirildi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Stansiya ERIELL kompaniyasi tomonidan ENESOL kompaniyasi bilan hamkorlikda “LUKOYL”ning Qandim konlari loyihalari doirasida qurildi.
Stansiya markazlashgan elektr ta’minoti tarmoqlaridan olisdagi ishlab chiqarish obyektlari va qurilish infratuzilmasini energiya bilan uzluksiz ta’minlab turish maqsadida ishlab chiqilgan.
Quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yechimlar va texnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida elektr stansiyasining jami quvvati kunduzgi paytda 5000 kVt, tungi vaqtda 1000 kVt gacha yetkazildi, bu, taqqoslash uchun, 1,5 ming kishilik aholiga ega shaharchani elektr bilan barqaror ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi.