Xitoyning Guandun viloyatida El-Ninyo oqimi keltirib chiqargan toshqinlar tufayli 8 ming kishi evakuatsiya qilindi. Shuningdek, tabiiy ofat tufayli 150 ming kishi jabrlangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Bu yil Yanszi daryosi bo‘ylab El-Ninyo sezilarli darajada kuchayishi tufayli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori. Mamlakatning qator mintaqalarida may oyida rekord darajadagi yog‘inlar kutilmoqda, bu esa kuchli toshqinlarga olib kelishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Xitoy suv xo‘jaligi vaziri Lyu Nin.
Izoh (0)