Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tomonidan o‘qqa tutilishi va snaryad portlashi oqibatida bir nafar bola (2004-yilda tug‘ilgan) nobud bo‘lgan, yana ikki nafar bola yaralangan. Bu haqda tan olinmagan respublika mudofaa vazirligi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
O‘z navbatida, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Terter tumanidagi Jalol Rahimov uyiga dushman tarafidan snaryad kelib tushishi oqibatida xonadon egasi halok bo‘lgani, uning o‘g‘li oyog‘idan ajralganini ma’lum qilgan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan olinayotgan ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganayotganligini bildirgan.
Oldinroq Tog‘li Qorabog‘ mojarosi hududida shiddatli to‘qnashuvlar boshlangani xabar qilingandi.
Izoh (0)