Barak Obama KXDR tomonidan tahdidlardan himoya qilish uchun Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQSh yadro qurolini berish haqidagi taklifni rad etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Buni faqat tashqi siyosat, Koreya yarim oroli, umuman, dunyo haqida hech narsa bilmaydigan kishigina taklif etishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Obama yadro xavfsizligi sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Davlat rahbari respublikachilar o‘rtasida saylovoldi poygasida yetakchilik qilayotgan milliarder Donald Trampning Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligi uchun kuch va mablag‘ sarflash o‘rniga ularga yadro quroli berish haqidagi so‘zlarini shu tariqa sharhladi. Uning nomini aytmagan holda Obama Qo‘shma Shtatlardagi oliy davlat lavozimiga da’vogarlik qilayotgan inson bunday mas’uliyatsiz fikrlarni bildirmasligi kerakligiga ishora qilib o‘tdi.
Izoh (0)