Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi. U yadro xavfsizligi sammitidagi ishtirokini yakunlab, ayni paytda AQShdan respublikaga qaytmoqda. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’muriyatning bildirishicha, yig‘ilish kun tartibiga “Ozarbayjon tomonidan Tog‘li Qorabog‘ bilan tutashuv chizig‘ida amalga oshirilgan hujumkor harakatlar va shu bilan bog‘liq masalalar” kiritilgan.
Bosh vazir Ovik Abramyan mamlakatdagi bir qator muassasalar rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda “Armaniston davlat tizimlari o‘zlarining bor imkoniyatlari bilan vaziyatni o‘nglash uchun zarur qadamlar tashlashga tayyor ekanligi”ni ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tomonlarini zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgandi.
Izoh (0)