Shimoliy Koreya tomonidan raketalar uchirilishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bunday provokatsiyalarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni ham aytib o‘tmoqchimanki, Yapon dengizi akvatoriyasida bo‘lgan kemalarimizga hech qanday ziyon yetmagan”, — deya ta’kidlagan vazir.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya 1-aprel, juma kuni ballistik raketa sinovini amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)