KXDR 1-aprel, juma kuni yangi ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
“Raketa Xamgyon-Namdo viloyati qirg‘oqlaridan Yapon dengizi tomonga uchirilgan. Uning ballistik ekanligi aniq, lekin qaysi turga mansubligi hozircha ma’lum emas”, — deya ta’kidlagan vakil.
Raketa uchirilishi AQSh prezidenti Barak Obama Sharqiy Osiyodagi ittifoqdoshlarini Xitoy bilan Shimoliy Koreya yadro dasturi masalasida hamkorlik va yanada mustahkam aloqa bog‘lashga chaqirganidan bir necha soat o‘tib amalga oshirilgan.
Izoh (0)