AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv chog‘ida Amerikaning Turkiya xavfsizligini ta’minlash tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Bu haqda Oq uy bergan ma’lumotga tayanib “Interfaks” xabar qildi.
“Prezident Obama prezident Erdo‘g‘onga Diyorbakirdagi teraktda odamlar qurbon bo‘lgani va yaralangani munosabati bilan Amerika xalqi nomidan hamdardlik izhor etdi, AQShning xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi va terrorizm bilan kurash yo‘lidagi umumiy harakatlarni qayd etdi”, — deyiladi Oq uy xabarida.
Yetakchilar, shuningdek, IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan kurashdagi olg‘a qadam tashlash yo‘llarini ham muhokama qildi.
AQSh va Turkiya prezidentlari Vashingtondagi yadro xavfsizligi bo‘yicha sammit doirasida uchrashdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)