Suriya armiyasi qo‘mondonligi Palmira milliy aviatsiya va Rossiya harbiy-koinot kuchlari ko‘magida ozod etilganini rasman ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Armiya Rossiya HKK yordamida IShID marralariga intensiv zarbalar berishda davom etmoqda. Samolyotlar Palmiradan qochayotgan jangarilarni omon qoldirmaslik uchun shahar atrofida parvozlarni amalga oshirmoqda.
Suriya qo‘mondonligidagi manbaning ma’lum qilishicha, mazkur parvozlar “ko‘plab zirhli mashinalar, avtomobillar yo‘q qilinishi, terrorchilar o‘rtasida o‘nlab o‘lim va jarohatlanish holatlariga” olib keldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)