Rossiya prezidenti Vladimir Putin YuNESKO bosh direktori Irina Bokova bilan telefon suhbati chog‘ida Rossiya kontingenti Palmirani minalardan tozalashda ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Bokova bilan suhbat davomida Putin, shuningdek, uni Palmira terrorchilardan ozod etilgani bilan tabrikladi. “Putin Bokovani suriyalik harbiylar bilan birgalikda, oliy bosh qo‘mondon topshirig‘i bilan Rossiya kontingenti vakillari ushbu qadimiy shaharni minasizlantirishda qatnashishidan xabardor qildi”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti va xalqaro tashkilot bosh direktori YuNESKO, Rossiya va Suriya eng yaqin vaqt ichida terrorchilar Palmiraga yetkazgan zararni baholash uchun zarur choralarni ko‘rishi, shuningdek, tiklab bo‘ladigan narsalarni qayta tiklash rejasini ishlab chiqishi haqida kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya armiyasi jangchilari va xalq qo‘shinlari otryadlari Palmira shahrini to‘liq ozod etgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)