Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzodlikka da’vogar senator Berni Sanders sobiq Davlat kotibi Hillari Klintonni ortda qoldirib, Vashington va Alyaska shtatlaridagi kokuslarda g‘olib chiqdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Vashingtonda Sanders ovozlarning 72,1, Klinton esa 27,7 foizini to‘plagan. Alyaskada esa senator 78,7, Klinton 21,3% ovoz oldi. Endi ikki da’vogar Gavayi shtatidagi kokusda ham bellashadi.
Hozirga kelib, Klinton jami 2383 delegatdan 1711 delegatning ovozini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Sandersda esa bu ko‘rsatkich 952 delegatni tashkil etmoqda. Demokratik partiyaning iyulda bo‘lib o‘tadigan syezdida delegatlar tomonidan AQSh prezidentligiga yagona nomzod saylanadi.
Izoh (0)