Bek Air aviakompaniyasining Qizilo‘rda—Ostona yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan Fokker-100 turidagi havo kemasi old shassisiz avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi, deya xabar bermoqda TJournal. U hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra, ochilmay qolgan.
Bortda 116 nafar yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Samolyot ekipajini, aviahalokat oldini olgani uchun, muassasa va davlat mukofotlariga tavsiya etishadi. Uchuvchilar so‘zlariga ko‘ra, ular shunga o‘xshash vaziyatlarni muntazam ravishda trenajyorlarda mashq qiladi, va bu safar yo‘lovchilar bort shassisiz qo‘nganini sezmay ham qoldi.
Izoh (0)