Rossiya Harbiy-koinot kuchlari (HKK) Suriyada sutka mobaynida 100 dan ziyod jangarini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Vazirlikning bildirishicha, Rossiya samolyotlari Tadmor aholi punktiga (Xoms viloyati, Palmira) 40 marta parvoz qilgan va terrorchilarning 158 obyektiga zarba bergan. Natijada to‘rt tank, uch artilleriya qurilmasi, to‘rtta qurol-yarog‘ ombori va besh avtomobil ham yo‘q qilingan.
Izoh (0)