Tayvanda Gomindan partiyasining yangi yetakchisi saylovlari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bor mazkur lavozimga ayol kishi — Xitoy bilan yaqinlashuvning faol tarafdori bo‘lgan 67 yoshli Xun Syuchju saylandi, deya xabar beradi “TASS”.
Hukmron Gomindan partiyasi yanvar oyida Tayvanda bo‘lib o‘tgan orol ma’muriyati rahbari lavozimiga saylovlarda muxolifatdagi Demokratik taraqqiyot partiyasiga yutqazib qo‘ydi. Partiya 20-may kuni — Tayvanning ilk ayol prezidenti Say Inven inauguratsiyasi kuni (20-may) hokimiyatni uzil-kesil muxolifatga topshiradi.
Izoh (0)