Milliarder Alisher Usmonovning investitsiya fondi va uning hamkorlari haydovchisiz avtomobillar uchun optik datchik (lidar)lar ishlab chiqaruvchi AQSh kompaniyasiga investitsiya kiritdi. Bu haqda Usmonov “Rossiya 24” telekanaliga ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Shug‘ullanayotganimiz kelajagi porloq soha, biz u yerda yirik aksiyador hisoblanamiz. Bu samarali texnologiya bo‘ladi va investitsiyalarimiz salmoqli natija keltiradi, deb o‘ylayman”, — deya ta’kidlagan Usmonov.
Milliarder gap Kremniy vodiysidagi kompaniya haqida ketayotgani, uning investorlari orasida avtomobilsozlik va robototexnika sohasidagi nufuzli vakillar borligi, jumladan, loyihada bilvosita amerikalik milliarder Ilon Mask ishtirok etayotganini bildirdi. Usmonov kompaniya nomi, investitsiyalari hajmi, sotib olgan ulushini oshkor qilmadi va mazkur kelishuv to‘g‘risida yaqin orada ma’lum qilinishini ta’kidladi.
Izoh (0)