Buyuk Britaniya olimlari Uilyam Shekspir qabrida uning bosh suyagi yo‘qligini bildirmoqda. Bu haqda Independent nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Britaniyalik tadqiqotchilar mashhur dramaturg ko‘milgan joyni georadarlar yordamida o‘rgangan va bosh suyagi o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelgan. “Skanerlash natijalari jasadning bosh qismida nimadir bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Shu sababli biz qabr daxlsizligini kimdir buzgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminga keldik”, — deya ta’kidlaydi Staffordshir universiteti arxeologi Kevin Kolls.
Shekspirning boshi u o‘zi ko‘milgan Stratford-apon-Eyvon shahridagi Muqaddas uchlik cherkovida emas, shahardan 20 kilometr uzoqlikdagi Bioli shahri cherkovida saqlanayotgani haqidagi versiya ham o‘z tasdig‘ini topmadi: olimlar mazkur bosh suyagi 70 yoshli ayolga tegishli ekanligini aniqladi.
Izoh (0)