Rossiyaning Arxangelsk viloyatidagi Plesetsk kosmodromidan harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan koinot qurilmasi bo‘lgan “Soyuz-2.1a” tashuvchi raketasi parvoz qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“‘Soyuz-2.1a’ raketasining uchisholdi operatsiyalari va parvozi belgilangan tartibda o‘tdi. Moskva vaqti bilan 12:52 da qurilma tashuvchi raketaning uchinchi pog‘onasidan ajraldi va ko‘zda tutilgan vaqtda hisob orbitasiga chiqarildi”, — deya bildirgan vazirlik vakili.
Bu yil boshidan beri “Soyuz-2” tashuvchi raketasining Plesetskdan ikkinchi bor uchirilishi. O‘tgan yili kosmodromdan mazkur raketalar besh, “Rokot” raketalari esa ikki bor parvoz qilgan.
Izoh (0)