Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi boshlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida Putin Kerriga Moskvaga uchib kelganidan so‘ng samolyotdan portfelini olib tushishga hech kim yordam bermaganini eslatib, bundan ta’bi tirriq bo‘lganini bildirdi. Prezident Davlat kotibi portfelida “qimmatli narsa, aytaylik, Rossiya bilan savdolashish uchun pul” bo‘lishi mumkinligini aytib, mutoyiba qildi. O‘z navbatida, Kerri portfel ichidagilarni Putinga u bilan xoli qolganda ko‘rsatish va bu “yoqimli syurpriz bo‘lishi”ni va’da qildi.
Izoh (0)