Rokfellerlar oilasi xayriya fondi qazilma yoqilg‘i bilan bog‘liq kompaniyalardan barcha investitsiyalarni olib chiqishga qaror qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Fond bayonotida neft kompaniyalari uglevodorodlar qazib olishni davom ettirishi uchun mantiqiy sabab yo‘qligi, barcha ochilgan konlar qo‘l tekkizilmagan holda qolishi lozimligi bildirilgan. Neft kompaniyalari o‘zini mas’uliyatsiz tutayotganiga misol tariqasida uglevodorodlarning iqlim o‘zgarishiga ta’siri borasida barchani chalg‘itgan va atrof-muhit muhofazasi haqida qayg‘urmagan ExxonMobil kompaniyasini keltirgan. ExxonMobil, o‘z navbatida, fondni kompaniyaga qarshi fitnada aybladi.
Ma’lumot uchun, Rokfellerlar oilasi xayriya fondi insoniyat tarixidagi birinchi milliarder, Standard Oil neft kompaniyasi rahbari Jon Rokfeller vorislari tomonidan tashkil etilgan.
Izoh (0)