Yaqinda 10 yilligini nishonlagan Twitter mikrobloglar tarmog‘i xodimlari foydalanuvchilarga fotosuratlarga turli tasvirlar qo‘shib, tahrir etish, shuningdek, ular bilan almashish imkonini beruvchi yangi funksiyani yaratmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Yangi xizmat Stickers nomini olishi kutilmoqda. Uning yordamida suratni foydalanuvchilarga taklif etiladigan ro‘yxatdagi elementlar, masalan, “yurakcha” yoki “kulgili qiyofalar” bilan to‘ldirish mumkin. Shu tariqa, qayta ishlangan suratlar tarmoqda joylashtirilishi va ushbu suratni boshqa kishilar qanday tahrir etganini ham ko‘rish mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)