Amerikaning Apple kompaniyasi aksiyalari 21-martdagi yangi iPhone SE taqdimotidan so‘ng tushib ketdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. U bilan birga yangi 10 dyuymli iPad Pro ham namoyish etilgan edi.
Apple aksiyalarining navbatdagi taqdimotdan so‘ng pasayishi odatiy hol. Barcha namoyishlar, hatto eng muvaffaqiyatlilari ham, doim shunday vaziyatni yuzaga keltirgan. Biroq biroz vaqtdan so‘ng yo barchasi o‘z joyiga tushgan yo raqamlar sezilarsiz ravishda o‘zgargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple korporatsiyasi 4 dyuymli ekranga ega iPhone SE smartfonini taqdim etgani haqida xabar berildi.
Izoh (0)