Ijtimoiy tarmoqlarda #PrayForBrussels va #JesuisBrussels xeshteglari ommalashmoqda. Twitter va Facebook’ning turli mamlakatlardagi foydalanuvchilari Bryusseldagi portlashlar munosabati bilan hamdardlik bildirmoqda.
“Bu tong ‘Zaventem’ aeroportida yuz bergan fojianing barcha qurbonlari uchun iltijo qilamiz”
Our prayers go out to all involved in the tragedy that happened this morning at Zaventem. #prayforbrussels pic.twitter.com/a2Pnrwkc3j
— DX-Solutions (@DXsolutionsBVBA) March 22, 2016
“Telba dunyo! Men insonlarni ko‘ryapman, lekin insoniylikni emas”
I see humans,no humanity #prayforbruxelles #JeSuisBrussels #brussels #victims #terrorism pic.twitter.com/t5ss9ssK3O
— Giulia Boccoli (@GiuliaBoccoli) March 22, 2016
“Bunga ishonib bo‘lmaydi. Biz yashayotgan dunyo qanchalar dahshatli”
https://twitter.com/WW1DUpdates/status/712216950982762496“Bugun mening mamlakatimga hujum qilishdi. Men #BryusselUchunIltijoQil deb so‘ragan bo‘lardim, biroq to‘xtash vaqti keldi. Kelinglar, #TinchlikUchunIltijoQilaylik”
https://twitter.com/Bibipictures_/status/712196446926282752Eslatib o‘tamiz, 22-mart, seshanba kuni Bryussel aeroporti va metrosida kamida uchta portlash yuz berdi. Portlashlar oqibatida, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 20—30 kishi halok bo‘lgan (rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinganicha yo‘q). Teraktlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)