Hali taqdim etilmagan Huawei P9 smartfonini tasodifan kompaniya prezidenti Ren Jenfey qo‘lida ko‘rib qolishdi va uni suratga olishdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Fotosuratdagiga o‘xshash qurilma yaqinda renderlarda paydo bo‘lgan edi. Huawei P9 bozordagi eng kuchli smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
U Kirin 950 chipseti, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 5,2 dyuymli 1080×1920 pikselli ekran, qo‘sh kamera (har biri 12 megapikselli), 5 megapikselli old kamera, shuningdek 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.
Qurilma EMUI interfeysli Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi. Huawei P9 taxminan 500 dollar narxida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)