Butundunyo muloqot maydoni — Twitter ommaviy mikroblogi ishga tushganiga 10 yil to‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
2006-yil 21-mart kuni uning asoschilaridan biri Jek Dorsi “Men o‘z ‘tvitter’imni yaratyapman” degan ilk xabarini jo‘natgan. Shundan beri ijtimoiy tarmoq 35 tilda yuritiladigan, oylik auditoriyasi 320 million foydalanuvchiga yetadigan qudratli resursga aylandi. Kompaniya ofislari dunyoning 35 davlatida joylashgan, aksar akkauntlar ham (79%) AQShdan tashqarida.
“Twitter – jahonda qanday yangilik va u nima uchun ro‘y berayotganini bilishning eng oddiy usuli. Uni allaqachon ulg‘aygan bolakayga o‘xshatish mumkin. Mazkur servis yangiliklarni bir zumda tarqatish imkoniyatini beradi”, — deya ta’kidlagan hozirda kompaniya boshqaruvchisi lavozimini egallab turgan Dorsi NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Izoh (0)