Turkiya poytaxtidagi 37 kishining umriga zomin bo‘lgan portlashni 24 yoshli terrorchi-xudkush ayol amalga oshirgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlikning bildirishicha, “teraktni Kars viloyati, Kagizman shahrida yashаgan, 1992-yilda tug‘ilgan Sexer Chagla Demir amalga oshirgan. U 2013-yili Kurdiston ishchi partiyasi safiga kirgan, keyinchalik suriyalik kurdlarning o‘z-o‘zini himoya qilish otryadlarida mashg‘ulotlar o‘tagan”.
Eslatib o‘tamiz, 14-mart, dushanba kuni Turkiya rasmiylari Anqaradagi portlashda Balikesir universiteti talabasi bo‘lgan ayolning qo‘li borligini ma’lum qilgan, biroq uning shaxsini to‘liq oshkor etmagandi.
Izoh (0)