Air France aviakompaniyasining Istanbuldan Parijga yo‘l olgan AF 1891 reysi yo‘lovchisi bo‘lgan ayol qo‘l bagajiga bolani yashirib, havo kemasi bortiga olib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 7-mart, dushanba kuni ro‘y bergan. Yo‘lovchilardan biri yonida uchayotgan ayol qo‘l bagaji sifatida bortga olib chiqqan sumkada nimadir qimirlayotganini sezib, bu haqda bort kuzatuvchilariga ma’lum qiladi. Ular esa sumkadan bir—ikki yoshlar chamasidagi bolani topib oladi.
Ayol va bolakay samolyot salonining oldiga o‘tkazildi. Havo kemasi bortiga sumkaga bolani solib olib o‘tishning qanday imkoni bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)