Kubada Zika bezgagiga chalinish bilan bog‘liq uchinchi holat qayd etildi. Virus mamlakatga Venesueladan qaytgan kubalikda aniqlangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, kubalik orolga 1-mart kuni qaytgan va o‘sha kunning o‘zida unda Zika bilan xastalanish alomatlari sezilgan. Kasalxonaga yotqizilgan bemorda 7-mart kuni olingan tahlillar shifokorlar gumonini tasdiqladi.
O‘tgan haftada Kubaga aspiranturada tahsil olish uchun kelgan venesuelalik talaba qiz va Janubiy Amerikadan qaytgan mahalliy hamshirada kasallikning ilk holatlari topilgandi.
Izoh (0)