Tunisning Liviya bilan chegarasi yaqinidagi Ben-Gerdan shahriga hujum uyushtirishda gumon qilingan 6 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
8-mart, seshanba kuni o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida qurol-yarog‘ ham musodara etilgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tunis xavfsizlik kuchlari Ben-Gerdan shahridagi kazarmalarga hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 16 kishini hibsga olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)