Tailand poytaxti Bangkokda fransuz rassomi Paulo Granjonning “1600 panda” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Granjon mazkur art-loyihani WWF bilan birgalikda 2008-yilda dunyo bo‘ylab namoyish etishni boshlagandi. Undan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad sayyora tabiati saqlash va asrab-avaylashga muhtoj ekanligini eslatishdan iborat.
Ko‘rgazma shu kungacha Fransiya, Italiya, Germaniya va Janubiy Koreyada bo‘lishga ulgurdi. Rassomning pandalari Tailandning turli mintaqalari bo‘ylab 24-martga qadar “sayohat” qiladi.
Ularning soni bejiz tanlanmagan, chunki yovvoyi tabiatda aynan shuncha panda qolgan. Pandalar qo‘lda, qayta ishlangan qog‘oz yordamida tayyorlangan. Qizig‘i shundaki, ulardan hech biri boshqasini takrorlamaydi.