Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bangladeshda halokatga uchragan An-26 samolyoti ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolaridir. Bu haqda Rossiyaning Chittagongdagi bosh konsulxonasi attashesi Vyacheslav Zaxarov ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Bosh konsulxona Koks-bozor—Jessor yo‘nalishida parvoz qilgan An-26 samolyoti halokatga uchragani to‘g‘risida axborot oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va ularning barchasi ukrainalikdir”, — deya ta’kidlagan attashe.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 9-mart, chorshanba kuni halokatga uchragan va dengizga qulagan samolyotning ekipaj a’zolari mahalliy fuqarolar ekanligi bildirilgandi.
Izoh (0)