Donbassdagi nizolar boshidan buyon AQSh Ukrainaga 265 million dollarlik yordam ko‘rsatgan. Bu haqda mudofaa vaziri yordamchisi Maykl Karpenter ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Nizo boshlanganidan buyon AQSh Ukrainaga 265 million dollarlik ko‘mak taqdim etdi. Ushbu mablag‘lar harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga hamda radar qurilmalaridan tortib, qorong‘ilikda ko‘rish uskunalari, ratsiyalar, avtomobillar, patrul qayiqlarigacha bo‘lgan turli asbob-uskunlarga yo‘naltirildi”, — deya ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Karpenter fikricha, ko‘makni o‘lim keltiruvchi yoki o‘lim keltirmaydigan turlarga ajratish to‘g‘ri emas. “Ukraina kelajakda qanday harbiy imkoniyatlarga ega bo‘lishini tushunish kerak. Bizning vazifamiz — Ukraina kuchlarini o‘qitish, ularni yanada jangga tayyor qilish, keyinroq esa — NATO standartlariga moslashtirishdan iborat”, — deya qo‘shimcha qildi Karpenter.
Izoh (0)