AQSh prezidentining IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgyork Iroqning Mosul shahrini ozod etish bo‘yicha harakatlar boshlanganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
U operatsiya boshida Mosul hamda Suriyaning Rakka shahri o‘rtasidagi terrorchilarni ta’minlovchi yo‘llar yopib qo‘yilganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, AQSh maxsus vakili operatsiya rejasi puxta ishlab chiqilganini qayd etdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter mamlakat Iroqqa Mosul shahrini egallab olgan jangarilarga qarshi kurashda yordam bermoqchi ekanini aytgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)