Yamanda zo‘ravonlik holatlari avj olgan salkam bir yildan beri 3 mingdan ziyod tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Rupert Kolvill ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“2015-yil 26-martidan beri tinch aholi o‘rtasida 3 081 ta o‘lim va 5 733 ta jarohatlanish qayd etilgan. Bu raqamlar ikki tomondan ham jangovar harakatlarda ishtirok etayotganlarni o‘z ichiga olmaydi, faqat fuqarolarga tegishli”, — deya ta’kidlagan Kolvill.
Kolvill keyingi paytda mamlakatda davom etayotgan ixtilof qurbonlari keskin oshgani, jumladan, fevral oyida yanvarga nisbatan ikki barobar ko‘payganini bildirdi.“Fevralda mamlakatda 168 nafar fuqaro halok bo‘ldi, 193 kishi yaralandi. Mazkur holatlarning uchdan ikki qismi koalitsiya aviazarbalariga to‘g‘ri keladi”, — deya qo‘shimcha qilgan BMT vakili.
Izoh (0)