Gulchehra Boboqulovaga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi bo‘yicha (yosh bolani o‘ldirish) ayblov e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Meduza Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib.
Ayblanuvchiga kompleks statsionar narkologiya-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi. Unda ayolning ruhiy holati aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 29-fevral kuni Moskva shimoli-g‘arbidagi yong‘in yuz bergan xonadonda boshsiz qizning tanasi topildi. Oradan bir necha soat o‘tib “Oktyabrskoye pole” metro bekatida shu qizning enagasi, o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulova hibsga olingan. Xabar berishlaricha, uning qo‘lida qizchaning boshi bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan ayolga qariyb 40 daqiqa davomida hech kim yaqinlashmagan. Keyinroq, “Interfaks” xabariga ko‘ra, ayol aybiga iqror bo‘lib, ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)