Tongada Zika bezgagiga chalinish bilan bog‘liq 36 ta holat aniqlangan. Bu haqda qirollik hukumati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Fevral oyi boshida besh kishida Zika bezgagi alomatlari kuzatilganidan keyin mamlakatda virusning avj olgani e’lon qilingandi.
Hozirda yana 2 ming kishi, jumladan, 17 nafar homilador ayol mazkur virusni yuqtirib olgani gumon qilinmoqda.
Izoh (0)