Turkiya poytaxti Anqaraning Chankaya markaziy tumanida portlash yuz berdi, deb yozadi “TASS”. U binolardan birida sodir bo‘lgani taxmin etilmoqda.
Agentlik muxbiri voqea joyidan xabar berishicha, ayni paytda alanga va tutun ko‘rinmoqda. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar va politsiya yetib keldi. Portlash sababi hozircha noma’lum.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli portlash harbiylar yotoqxonasida yuz bergan, ko‘plar jarohat olgan.
Izoh (0)