Chexiyada Zika bezgagiga chalinish bilan bog‘liq uchinchi holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Oldingi ikki holat kabi, bu gal ham Janubiy Amerikada bo‘lib qaytgan Chexiya fuqarosida kasallik kuzatilgan”, — deya bildirgan vazirlik mutasaddilari.
Ma’lum bo‘lishicha, Dominikan respublikasida bo‘lib qaytgan 38 yoshli ayolda virus aniqlangan. Bemorga kasalxonadan uyiga qaytishga ruxsat berilgani aytilmoqda.
Izoh (0)