O‘zbekistonda 2-mart, chorshanba kuni havo o‘zgarib turadi, mamlakatning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
2-martga o‘tar kechasi havo harorati O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -3 darajagacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida -2 darajagacha sovishi kutilmoqda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo harorati +8 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +10 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +12 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13 darajagacha iliq bo‘ladi.
2-mart kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +13 darajagacha, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +15 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +20 darajagacha iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni kunduzi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +18...+23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, 29-fevral kuni Toshkent, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)